Ruslan Nurudinov - besh karra Osiyo chempioni!
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionatida erkaklar o’rtasidagi -109 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda O’zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi Ruslan Nurudinov va Sharofiddin Amriddinov chempionlik uchun bahs olib borishdi. Murosasiz kurash yakunida tajriba o’z so’zini aytdi.
Nurudinov siltab ko’tarish va ikki kurash bo’yicha oltin medallarni ilib ketdi. Uning jami ko’rsatkichi 382 (175+207) kgni tashkil etdi. Dast ko’tarishda oltin medal egasi bo’lgan Sharofiddin Amriddinov umumiy hisobda 381 (176+205) kg toshni ko’tarib, yakunida o’z hisobiga yana ikkita kumush medalni qo’shib qo’ydi.









Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring