Rost boʻlsin!

15:48 18 Mart 2020 Jamiyat
1265 0

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-13-mart kunlari Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi va shu jarayonda ilgari surgan fikrlari barcha-barchaning yuragida faxr-iftixor tuygʻularini uygʻotdi.

Azim yurtga ziyo keldi, nur keldi,
Hikmat toʻla ilm keldi, dur keldi,
Dilimizni toʻldirib surur keldi,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!

Xudo bersa, elga shunday mard kelar,
Shijoat-u, jasorat-u shahd kelar,
Adl nuri ziyo sochgan vaqt kelar,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Bir qoʻl bilan silar elning boshini,

Bir qoʻl bilan artar koʻzdan yoshini,
Kambagʻalning olar dildan gʻashini,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Jaloliddinboqar moziydan magʻrur,

Izimga iz boʻldi arslon oʻgʻlon der.
Bir boshigaxalqning tashvishini yer,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Ogahiyning umriqayta boshlandi,

Nomihar tong tilda ayta boshlandi,
Nogoh quvonchidan koʻzi yoshlandi,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Orzulari boʻy koʻrsatar lazgisida,

Armonlari qat-qat yotar lazgisida,
Elning faxri, gʻururi bor lazgisida,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Binolarda ozod elning izi bor,

Jasoratning kulib turgan yuzi bor,
Adolatning soʻzi, erkning soʻzi bor,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Elning bir botiri elni bor qilar,

Mangu buyuklikka daxldor qilar,
Oʻzi ham, eli ham bunyodkor boʻlar,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Birlashsak, muhtasham qoʻrgʻon boʻlurmiz,

Toʻfonni toʻsguvchi toʻgʻon boʻlurmiz,
Shunda tugʻilibmiz,shunda oʻlurmiz,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Yurtning ishqi tushmas nogoh osmondan,

U dildan yaralar, toʻkilar jondan,
Ayirmasin bizni Oʻzbekistondan,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Ulugʻlarni,daholarni tuqqan yurt,

Yuraklarda daryo boʻlib oqqan yurt,
Farzandini halolidan boqqan yurt,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
“Uygʻoninglar!”. Yurtboshimning xitobi,

Yangi kunning yangi bitik,kitobi,
Hammamizga yuqsin jahdu shitobi,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Azim yurtga ziyo keldi, nur keldi,

Hikmat toʻla ilm keldi, dur keldi,
Dilimizni toʻldirib surur keldi,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!
Rost boʻlsin-yey,
Rost boʻlsin-yey,
Rost boʻlsin,
Xorazmning iqbollari rost boʻlsin!

Sayyora SAMANDAROVA,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?