Rossiyaning “Sudja” gaz oʻlchash stansiyasi butunlay yoʻq qilindi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan 28-mart kuni ertalab “Sudja” gaz oʻlchash stansiyasini yoʻq qilganini maʼlum qildi.
Tonggi soat 10:20 da stansiyaga HIMARS reaktiv hujum raketalari orqali ikki tomonlama hujum uyushtirilgan. Natijada, yirik yongʻin sodir boʻlib, energetika obyekti butunlay vayron boʻldi.
“Sudja” gaz oʻlchash stansiyasi Ukraina chegarasidan bir necha yuz metrda joylashgan boʻlib, u orqali Markaziy Yevropa davlatlari va Ukrainaning oʻziga ham gaz yetkazib berilar edi. Ammo Ukraina 2025-yil boshida oʻz hududi orqali gaz tranzitini toʻxtatgan.
Bundan tashqari, juma kuni ertalab Rossiyaning Saratov viloyatidagi havo hujumidan mudofaa tizimlari Saratov neftni qayta ishlash zavodi infratuzilmasini nishonga olgan 19 ta Ukraina uchuvchisiz dronlarini urib tushirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring