Rossiyaning Xarkovdagi savdo markaziga qilgan hujumi oqibatida tinch aholi vakillari qurbon boʻldi
Foto: AP
Moskva Ukraina shimoli-sharqidagi hujumlarini kuchaytirar ekan, shanba kuni Rossiya kuchlarining ikkita raketasi 200 ga yaqin odam boʻlgan gipermarketga kelib tushgan.
Bu haqda Xarkov viloyati gubernatori maʼlum qildi. Zarba oqibatida 38 kishi yaralanib, toʻrt kishi halok boʻlgan va ularning ikki nafari doʻkon xodimlari boʻlgani aytilmoqda.
Ukraina rasmiylari nishon harbiy infratuzilmaga emas, balki, shahardagi eng gavjum savdo markaziga yoʻllanganidan gʻazabda. Kreml hujum tinch aholiga qaratilmaganini daʼvo qilgan. BMT maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bosqinidan beri 10 minglab tinch aholi qurbon boʻlgan. Xarkov meri Igor Terexovning aytishicha, shahar markazida rossiyaliklarning ikkinchi hujumi kamida 11 kishini yaralagan.
Shanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyatiga Ukraina kuchlari ikkita zarba yoʻllagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Kiyevning Belgorod kabi Rossiya bilan chegaradosh hududlarini oʻqqa tutishiga javob sifatida Xarkovda «bufer zona» tashkil etishga vaʼda bergan edi. Rossiya vaqti-vaqti bilan Belgorod viloyatidan Ukrainaga havo hujumlarini uyushtirmoqda.
Rossiya qoʻshinlari 10-may kuni Xarkov viloyatining shimoli-sharqiy frontida transchegaraviy hujumni boshlashi urushda yangi front ochilishiga olib keldi. Xarkov Ukrainaning Rossiya chegarasidan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkinchi yirik shahri hisoblanadi. Rossiya kuchlarining ushbu shahardagi hujumlari 1 oy qattiq davom etganidan soʻng oxirgi kunlarda sekinlashdi. 1,3 million aholi yashaydigan Xarkovda energiya infratuzilmasining aksariyat qismi jiddiy shikastlangan.
«Al-Jazeera» jurnalisti agar hudud qoʻlga kiritilsa, Rossiya uchun katta yutuq boʻlishi Ukraina uchun esa dahshatli yoʻqotish boʻlishini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring