Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga parvoz qilish vaqtincha taqiqlandi
“Oʻzaviatsiya” agentligi xabariga koʻra, kompaniya tegishli ruxsatnoma olmasdan va amaldagi qoidalarni qoʻpol buzib, Oʻzbekiston va Rossiya shaharlari oʻrtasidagi charter reyslarga chipta sotishni tashkil etgan.
Noyabr oyidagi 3 ta reysga chipta olgan yoʻlovchilar koʻrsatilgan vaqtda aeroportga kelishgan va bu reys jadvalda yoʻqligini koʻrishgan.
Agentlik parvozning bajarilmasligi yoʻlovchilar oʻrtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelganini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, 5-noyabr kuni Urganchda, 8-noyabr kuni Navoiyda iFly Airlines᾽ning jadvalda boʻlmagan reysiga chipta olganlar toʻplangan edi. Urganchdagi vaziyat hal qilingan va yoʻlovchilarnirni olib ketish Moskvadan samolyot joʻnatilgan edi. Navoiydagi yoʻlovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilishi vaʼda qilingan.
Aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin “Oʻzaviatsiya” agentligi saytida tanishib chiqish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring