Rossiyadan olib kelinayotgan narkotik modda toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Rossiya Federatsiyasidan olib kelinayotgan narkotik modda toʻxtatib qolindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozogʻiston Respublikasidan kirib kelgan, Buxoro shahrida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lada Largus” avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan.
Natijada avtomashina yukxonasida boʻlgan “Gazel” rusumli transport vositasi uchun moʻljallangan uzatmalar qutisi (korobka peredach) ichida xufiyona tarzda yashirilgan, 5 dona oʻramdagi, umumiy ogʻirligi 2 kg 300 grammni tashkil qiluvchi “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston – Rossiya yoʻnalishida kirakashlik bilan shugʻullanuvchi mazkur fuqaro ushbu avtoehtiyot qismni Toshkent viloyatida kutib turgan, 2000-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan shaxsga yetkazishi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda buyurtmani qabul qilib olgan vaqtida u ham qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring