Rossiyadagi xalqaro musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar 8 ta medalni qoʻlga kiritdi

11:55 15 Dekabr 2020 Sport
954 0

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. 35 ta davlat vakillari ishtirok etgan bellashuvda respublikamiz sportchilari 8 ta medal bilan gʻoliblar safidan joy oldilar. Ular tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medali qoʻlga kiritildi.

Andijonlik sportchi Oybek Sultonov esa 68 kg. vazn toifasidagilar bellashuvida mutlaq gʻoliblikka erishib, jahon chempioni boʻldi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?