Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

19:03 14 Fevral 2025 Jamiyat
337 0

Foto: Dunyo

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 4 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalarning ota-onalari Rossiya hududida boʻlib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Bu vaqtda voyaga yetmagan toʻrt nafar oʻzbekistonlik bola yaqin tanishlari bilan qolgan.

Oʻzbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarning manzilini aniqlab, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер