Rossiyada poyezd ustiga koʻprik qulashi oqibatida 7 kishi halok boʻldi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiyaning Bryansk viloyatida ostidan yoʻlovchi poyezd oʻtayotgan koʻprik qulab tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Manbaning “Moskva temir yoʻllari”ga tayanib yozishicha, koʻprik qulab tushishiga “transport faoliyatiga noqonuniy aralashish” sabab boʻlgan.
Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz Telegram kanalida hodisa oqibatida 7 kishi halok boʻlgani va 30 kishi yaralanganini maʼlum qildi. Gubernatorning soʻzlariga koʻra, jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning orasida ikki nafar bola ham bor.
Rossiya temiryoʻl departamenti xabariga koʻra, voqea 31-may kuni soat 22:44 da sodir boʻlgan. Bryansk oblastidagi Pilshino — Vygonichi bir yoʻlli peregonida [transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida avtomobil koʻprigining oraliq qurilmasi qulagan]. Oqibatda Klimovo shahridan Moskvaga yoʻl olgan 86-sonli yoʻlovchi poyezdi lokomotivi va vagonlari agʻdarilib ketgan.
Shuningdek, halokat vaqtida koʻprik ustidan ogʻir yuk mashinasi ham oʻtayotgan boʻlgan. Taʼkidlanishicha, hozirda haydovchi shifoxonada, unga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Qulagan koʻprik ustidan oʻtgan A-240 avtotrassasida harakat toʻxtatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring