Rossiyada oʻzbekistonlik erkak xotinini derazadan itarib yubordi
Foto: Telegram
Rossiyada oʻzbekistonlik erkak xotinini rashk tufayli koʻp kvartirali binoning oltinchi qavati derazasidan itarib yubordi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 17-iyun kuni kunduzi Sankt-Peterburg shahrida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 34 yoshli oʻzbekistonlik rashk tufayli 27 yoshli xotinini ijaraga olingan ikki xonali kvartiraning ochiq derazasidan tashqariga otib yuborgan.
Manbaga koʻra, ayol yiqilganidan keyin guvohlar zudlik bilan tez yordam chaqirgan, bu vaqtda ayol tirik boʻlgan. Soʻng 27 yoshli jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, biroq u olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
“Hozirda erkak qoʻlga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring