Rossiyada ogʻir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Fuqaro D.A. Rossiya Federatsiyasiga 2019-yilning noyabr oyida ishlash uchun borib, Kaliningrad shahrida qonuniy ravishda ishlagan. Ammo 2022-yil iyul oyida ish vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, ogʻir tan jarohati olgan.
Natijada umurtqa suyagi singan. Orttirilgan jarohati tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz boʻlib qolgan. Kasallik sabab ishga layoqatisiz boʻlib qoladi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga Vatanga qaytishda yordam soʻrab murojaat qiladi.
Fuqaroning murojaati oʻrganildi va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aviachipta olib berildi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi hamkorligida Kaliningrad-Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring