Rossiyada daraxtlar Yerda magnit maydoni oʻzgarishi tufayli harakatlana boshlagan

10:27 26 Noyabr 2023 Dunyo
402 0

Rossiya oʻrmon xoʻjaligi buxgalteriyasini yurituvchi (Roslesinforg)tuzilmaning maʼlumotlariga koʻra, davriy inventarizatsiya paytlarida daraxtlar yiliga asl joyidan 2-5 sm gacha siljishi roʻy bergan. Bu, jarayon yer geomagnit qutbiy maydonlarining harakati bilan izohlanadi, deya xabar bermoqda TASS matbuot xizmati.

Roslesinforg mutaxassislari mamlakatning turli nuqtalaridagi oʻrmonlardagi daraxtlarni oʻrganishdi. Ular bir nechta daraxtlar asl joyiga nisbatan koʻchib qolayotganini payqaganlar.

Ularga baʼzi daraxtlar inventarizatsiya boshlangan paytdan buyon 20 smga, baʼzilari yarim metrgacha siljib qolgani maʼlum. Oʻrtacha “harakatlanish” yiliga 2-5 sm tezlikda kechmoqda. Qaragʻay, archa va qayinlar, yosh eman va boshqa daraxtlardan tezroq “yurish”ni amalga oshirmoqda.

Qutbiy geomagnit maydonlarning oʻzgarishida daraxtlarning siljib yurishi haqidagi ilmiy nazariyalar fanda mavjud, ammo amaliyotda ularni monitoring qilishga hali qoʻl urilmagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер