Rossiya yana toʻrtta davlat bilan muntazam parvozlarni tiklamoqda 

12:05 17 Yanvar 2021 Dunyo
956 0

Rossiya 27-yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda mamlakatning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tezkor shtabiga asoslanib Sputnik manbasi xabar berdi.

Ushbu mamlakatlarga xalqaro reyslar haftasiga bir necha marta amalga oshiriladi.

«Oʻtkazilgan muhokama yakuniga va alohida davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 27-yanvardan quyidagi davlatlar bilan aviaparvozlarni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi: Vyetnam (Moskva – Xanoy, haftada ikki marta), Hindiston (Moskva – Dehli, haftada ikki marta), Finlyandiya (Moskva – Xelsinki, haftada ikki marta, Sankt-Peterburg – Xelsinki, haftada ikki marta), Qatar (Moskva – Doha, haftada uch marta)”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Misrga parvozlar soni haftasiga besh martagacha koʻpaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер