Rossiya va KXDR oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi
Illyustrativ foto
Rossiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi.
Moskvadagi Sheremetyevo xalqaro aeroportidan havoga koʻtarilgan “Boeing 777-200ER” taxminan sakkiz soat yoʻlda boʻlgan. Parvoz davomida barcha eʼlonlar rus va koreys tillarida qilingan.
Sunan xalqaro aeroportida Rossiya delegatsiyasi va ekipaj aʼzolariga tantanali kutib olingan. Rus delegatsiyasiga ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi rahbari, Rossiya tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Aleksandr Kozlov boshchilik qilgan.
Pxenyandan Moskvaga qaytish reysi 29-iyul kuni amalga oshiriladi. Shu yilning 27-iyul kuni Rossiya Tabiiy resurslar vazirligi rahbari Aleksandr Kozlov Rossiyadan Shimoliy Koreyadagi Vonsan kurortiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring