Rossiya va Belarus birgalikda yadroviy zarba berish mashgʻulotlarini boshladi
Rossiya va Belarus “Ittifoq davlati” deb nomlanuvchi harbiy mashgʻulotlar doirasida qoʻshma yadro quroli mashqlarini boshladi. Bu haqda “NewsWeek” nashrining xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi seshanba kungi mashgʻulotlar strategik boʻlmagan yadroviy qurollardan foydalanishni oʻz ichiga olganini eʼlon qildi. Bu ikki davlat oʻrtasidagi mashgʻulotlarning “ikkinchi bosqichi”ini anglatadi.
Vladimir Putin Rossiyaning frontdagi ahvolini yaxshilash uchun yadro quroli mashqlarini boshlashga buyruq bergan edi. Kreml bayonotlarida yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi ritorika ham bor.
“Mashqlar Ittifoq davlatining suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini taʼminlash uchun qoʻshin va texnikani tayyorlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
Ushbu hodisa, avval xabar berganimizdek, Rossiya rahbarining Shimoliy Koreyaga rasmiy tashrifi davrida sodir boʻlayotgani ham eʼtiborga molik hodisadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring