Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi
Illyustrativ foto
Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun “foydasiz” boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda “RBK” xabar qildi.
“Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak”, degan vazir.
IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi tizimli kurashish va aybdorlar uchun jazo muqarrarligini yoritishga chaqirdi.
Kolokolsev hujjatlarni rasmiylashtirish markazlarida migrantlar toʻplanishining oldini olish, ularni oʻz vaqtida qabul qilishni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi va hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirishni oʻz vaqtida, shov-shuvsiz amalga oshirish kerakligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada migratsiya siyosatini qatʼiylashtirish 2024-yil bahorida boshlangandi. Shundan soʻng, joriy yil boshida nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishga tushirilgan. Unga davlatda noqonuniy boʻlib turgan chet elliklar haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring