Rossiya AQSH mudofaa kompaniyalari uchun sabotaj xavfini oshirmoqda
AQSH razvedka idoralari Amerika mudofaa kompaniyalariga Rossiya tomonidan sabotaj xavfi oshganidan ogohlantirdi. Ayniqsa, Ukrainaga yordam koʻrsatayotgan kompaniyalar xavfsizlik choralarini kuchaytirishi kerakligi aytilgan. Sabotaj tahdidlari AQSHning xorijdagi va mahalliy infratuzilmalari uchun jiddiy muammo boʻlishi mumkin. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Razvedka maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Yevropada sabotaj operatsiyalarini oʻtkazib, infratuzilmalarni izdan chiqarishga va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu harakatlar Yevropa davlatlarining Ukrainaga koʻrsatayotgan qoʻllab-quvvatlashini zaiflashtirishga qaratilgan. AQSH kompaniyalari ham bu kabi xavflarga tayyor turishi va xodimlarini ehtiyotkor boʻlishga chaqirilgan.
Razvedka organlari kompaniyalarga xodimlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligiga alohida eʼtibor qaratishni tavsiya qildi. Xususan, Ukrainaga bogʻliq loyihalarda ishlayotgan xodimlar oʻzlarining xizmat safarlari va shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilmasliklari lozimligi aytilgan.
Rossiya nafaqat Yevropa mudofaa kompaniyalariga, balki logistika va kommunal infratuzilmalariga ham hujumlar uyushtirgan. Bu hujumlar asosan Ukraina va Gʻarb davlatlariga bosim oʻtkazish maqsadida amalga oshirilyapti. Xalqaro ekspertlar Rossiyaning bu harakatlari uchun jinoyatchilar va boshqa vositachilar jalb etilganini taxmin qilishmoqda.
Bundan tashqari, Polsha va Buyuk Britaniyada Rossiya manfaatlari uchun sabotaj tashkil qilgan shaxslar hibsga olingani xabar qilingan. Iyunda Polsha hukumati Rossiya va Belarus foydasiga harakat qilgan 20 dan ortiq odamni qoʻlga olgan. Londonda esa Rossiya razvedkasi foydasiga arson hujumini (qasddan binoni yoqib yuborish) amalga oshirganlikda ayblangan shaxslar ustidan sud ishi qoʻzgʻatilgan.
Oxirgi paytda gʻarbiy xavfsizlik organlari Rossiyani Shimoliy Amerikaga yuborilgan yuk samolyotlarida yondiruvchi moslamalar joylashtirish rejasida gumon qilyapti. Bu kabi harakatlar global xavfsizlikka jiddiy tahdid tugʻdirayotgani haqida maʼlumot berildi. Rossiya esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring