Rossiya AQSH bilan birga Ukraina yerlarida qazilma qazib olmoqchi

Rossiya AQSH bilan iqtisodiy hamkorlikka, jumladan, energetika va noyob yer minerallarini qazib olish sohasida ham ochiq ekanligini maʼlum qildi. Bu bayonot dushanba kuni Ukraina urushiga oid muzokaralardan soʻng berildi. Tomonlar iqtisodiy bitimlar tuzish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika kompaniyalariga Rossiya tomonidan nazorat qilinayotgan Ukraina yerlarida noyob qazilma boyliklarni qoʻshma qazib olish taklifini bildirdi.
Agar AQSH Rossiya metallariga nisbatan qoʻyilgan sanksiyalarni bekor qilsa, Moskva Amerika bozoriga taxminan 2 million tonna alyuminiy yetkazib berishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan muzokaralarda Kreml vakili Kirill Dmitriyevning taʼkidlashicha, AQSHning Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatlari hissiyotlarga emas, balki aniq hisob-kitob va manfaatlarga asoslanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring