«Rosatom» Toshkentda elektr va issiqlik taʼminotini yaxshilashga yordam beradi

27-fevral kuni Toshkent shahar hokim v.b Baxtiyor Rahmonov «Rosatom» korporatsiyasining Energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari boʻyicha loyiha byurosi direktori Yuriy Mishin bilan uchrashdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari v.v.b Sh. Rahimjonov hamda kommunal sohaga masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Oʻzaro muloqot davomida poytaxtimizda elektr va issiqlik energiyasi taʼminotini yaxshilash, tizimda jiddiy uzilishlar boʻlishining oldini olish, umuman, kommunal ifratuzilmani modernizatsiya qilish masalasi atroflicha koʻrib chiqildi.
Baxtiyor Rahmonov bugungi kunda poytaxtimiz elektr energiyasi tizimidagi vaziyatga eʼtibor qaratib, rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi. Bu yoʻnalishdagi tadbirlarda «Rosatom» bilan istiqbolli hamkorlik boʻyicha taklif bildirdi.
Yurish Mishin bu borada tizim tashkilotlarida inventarizatsiya oʻtkazish, ish jarayoniga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish samarali ekanligini taʼkidlab, bunda ikki tomon mutaxassislarining hamkorlikdagi ishi orqali ijobiy natijalarga erishish mumkinligini taʼkidladi va tez orada bu masalada zarur mutaxassislardan iborat ishchi guruhi Toshkentga kelishini qoʻshimcha qildi.
Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbollarini koʻrib chiqishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring