Ronalduning «Manchester Yunayted»ga qaytishiga kim koʻndirgani ochiqlandi
Foto: AP
«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusson portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning ingliz klubiga qaytishida ishtirok etgan.
Manbaga koʻra, «Manchester Yunayted» rahbariyati portugaliyalikni taklif qilish maqsadga muvofiqligi haqida sobiq murabbiy bilan maslahatlashgan. Bundan tashqari, Fergyusson futbolchining oʻzi bilan ham gaplashgan. Shundan keyingina ingliz klubi «Yuventus»ga rasmiy taklif yuborgan.
Ronaldu 2003 — 2009-yillarda ham «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. U mazkur kulab tarkibida Angliya Premer-ligasida uch marta va Chempionlar ligasi bir marta gʻolib boʻlgan.
Ronaldu 2018-yilda «Yuventus» ga oʻtgandi. Turin klubidagi faoliyati davomida u barcha turnirlarda 133 ta oʻyin oʻtkazdi va raqiblar darvozasiga 101 ta gol kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring