Ronalduning kanali YouTube'da rekord “urdi”
“Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YouTube platformasida oʻz kanalini ochdi. Kanal ochilganidan 90 daqiqa oʻtib, bir million obunachi yigʻdi. Bu videoxosting rekordi hisoblanadi.
Bunday qisqa vaqt ichida bir million ta'qibchi yigʻgan futbolchini YouTube ham tabrikladi.
Ushbu xabar yozilayotgan vaqt (22-avgust, soat 03:16)da kanal obunachilari soni 8,18 millionni tashkil etayotgandi. Bu raqamlar juda tez oʻzgarmoqda...
Aytish joiz, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol boʻlgan sportchi ayni vaqtda Instagram platformasida ham obunachilar soni boʻyicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Ronalduni hozirda Instagramʻda 636 million obunachi taʼqib qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring