Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr“ klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyod shahrini tark etdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
“Krishtianu Ronaldu shaxsiy samolyotida, oilasi bilan birga Saudiyani tark etdi. U ayni vaqtda Madrid shahridagi uyida boʻlib turibdi“, — deyiladi manba xabarida.
Ronalduning bunday qilishga Fors koʻrfazidagi harbiy harakatlar sabab boʻlgan. Eron Saudiya Arabistoniga zarba bera boshlagach, futbolchi shunday qarorga kelgan.
Maʼlumot uchun, oldinroq Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Osiyo Elita chempionlar ligasi va Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining gʻarbiy mintaqadagi oʻyinlarini nomaʼlum muddatga qoldirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring