Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi

18:54 23 Oktyabr 2021 Sport
781 0

Angliyaning “Manchester United” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

- Klubdagi faoliyatingizni uzaytirish uchun terma jamoadan ketish haqida oʻylab koʻrganmisiz?

- Nima uchun bu haqda oʻylashim kerak? Menimcha, hali buning vaqti emas. Gap odamlar nima xohlayotganida emas, mening nima xohlayotganimda.

Men qachon yugura olmasligimni his qilsam, darvozani ishgʻol qila olmay qolsam, kuchimdan foydalana olmasam bu haqda oʻylashim mumkin.

Lekin menda hozir hammasi yaxshi. Shuning uchun davom etishni xohlayman, chunki menda hali ham motivatsiya bor. Men plankamni yanada balandroqqa koʻtarishni xohlayman, - deydi Ronaldu.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida 36 yoshli hujumchi terma jamoadagi gollari soni boʻyicha jahon rekordini yangiladi. Uning Portugaliya safida urgan gollari 115 tani tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?