Ronaldu kelajagiga oydinlik kiritdi
Foto: Reuters
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida oʻynashda davom etishini tasdiqladi. Uning soʻzlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
“Mening kelajagim? Aslida hech narsa oʻzgarmaydi. “Al-Nasr”da qolamanmi? Ha”, — degan futbolchi.
Shu yilning 30-may kuni Ronaldu futbolchilik faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettirishi maʼlum boʻldi. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, klub va hujum yangi shartnoma imzolagan, ammo uning tafsilotlari oshkor etilmagan.
May oxirida ommaviy axborot vositalarida hujumchi “An-Nasr”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ronalduning oʻzi Saudiya Arabistoni chempionatidagi oxirgi oʻyindan soʻng ketishiga shama qilgan, biroq tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olishdi.
Kecha, 8-iyun kuni Portugaliya finalda Ispaniyani magʻlub etib, Millatlar Ligasining ikkinchi bor gʻolibiga aylandi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Eʼtiborli jihati, portugallar yutqazayotgan vaqtda Ronaldu gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlim oxirlarida u jarohat oldi va almashtirildi. Shu bois Ronaldu penaltilar seriyasida ishtirok etmadi. Bunga qaramay uning yurtdoshlari 5:3 hisobida gʻalabaga erishdi.
Oldinroq, Ronaldu ispaniyalik yosh isteʼdod egasi Lamin Yamal haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring