Romitanda yirik loyiha amalga oshirilmoqda
Shu kunlarda Romitan tumanidagi bir qator mahallalar koʻchalari boʻylab qazish ishlari olib borilayotganini koʻrish mumkin. Bu tumanda aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash boʻyicha yirik loyiha amalga oshirilayotganidan darak beradi.
— Maʼlumotlarga qaraganda, jami 334 kilometr uzunlikda ichimlik suvi tarmoqlari barpo etiladi, — deydi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Atoyeva. — Bu esa minglab xonadonlarni sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Turli kasalliklar uchrashi ehtimoli kamayadi. Bugina emas, hududlarda infratuzilma ham rivojlanadi.

Xayrli yumush Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) ishtirokida bajarilmoqda. Rejaga koʻra, tuman mahallalarida suv taqsimlash inshootlari barpo etiladi, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi. Natijada ob-hayot taʼminoti keskin yaxshilanadi. Bir qator qishloqlarda esa ilk bor vodoprovod joʻmragidan zilol suv oqadi. Aholining tashib keltiriladigan suvga ehtiyoji qolmaydi.
Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankiga kelsak, u bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida 12 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Shuning 7 tasi ichimlik suvi, 5 tasi esa oqova suv yoʻnalishi bilan bogʻliq.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring