Rivojlangan dunyo tushunishi kerak, odamlar xotirjamlik emas, farovon hayot izlab Yevropaga oshiqmoqdalar — Qodirov qochqinlar haqida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov afgʻonistonlik qochqinlar haqida oʻz fikrini bildirdi:
"Yevropa Afgʻonistondagi qochqinlarni Oʻzbekiston va Tojikistonga joylashtirish uchun 600 million yevrolik taklif tayyorlaganini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston qochqinlarni qabul qilmasligini maʼlum qildi.
Yevropa Suriya qochqinlarini hududiga kiritmaslik uchun nimalar qilganini butun dunyo koʻrdi.
Margaret Tetcher, osuda hayotidan kechib sertashvish rahbarlikka intilishining sababini soʻragan jurnalistga: “...atrofimdagilar farovon boʻlmasa xotirjam boʻla olmasligimni anglab yetganim uchun bosh vazir boʻlmoqchiman", deya javob bergan edi.
Rivojlangan dunyo tushunishi kerak, odamlar xotirjamlik emas, farovon hayot izlab Yevropaga oshiqmoqdalar. Ular farovon boʻlmagunicha rivojlangan dunyo xotirjam boʻla olmaydi.
Rivojlanmoqchi boʻlayotgan davlatlarga siyosiy, ikki xil standart, tabiat va qadriyatlariga zid boʻlgan shartlarsiz yordam berilmas ekan qochqinlarni toʻxtatish uchun koʻmak paketlari vaziyatni oʻzgartirmaydi.
Tarix shafqatsiz guvoh, rivojlangan dunyoning bugungi toʻkinligida qochqinlarning ajdodlari yoki qashshoqlik bilan kurashayotgan xalqlarning haqi kam emas. Buni tan olish va qoʻlni uzatish vaqti keldi, janoblar!"
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring