Respublika ishchi guruhi Buxoroda

16:13 24 Avgust 2023 Jamiyat
671 0

Respublika ishchi guruhining joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish hamda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot oʻtkazish va muammolarni bartaraf boʻyicha faoliyati Buxoro viloyatida davom ettmoqda.

Xususan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari boshchiligida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etilib, har bir guruhga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Hududda aholi uchun dolzarb boʻlib turgan muammolarni hal etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida, jami 12,6 km ichki yoʻllarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shagʻallashtirish ishlari bajarildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash uchun 101 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatish hamda 1,5 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash uchun yangidan 1 600 metr ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Aholi sogʻligʻini saqlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Shofirkon tumani maqsadli tibbiy koʻrik tashkil etilib, koʻrik davomida 343 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan, tibbiy koʻrik jarayonida 305 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi, 46 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun bepul yoʻllanmalar berildi.

Aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik masalalarini hal etish maqsadida tijorat banklari tomonidan 719 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 68 107,8 mln. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida 191 ta, xizmat koʻrsatish sohasiga 6 ta, qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish yoʻnalishida 10 ta, sanoatni rivojlantirish yoʻnalishida 2 ta fuqaroga kredit mablagʻlari ajratildi.

Shuningdek, 5 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida ularning tikuvchilik kasbini egallaganligini inobatga olib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 23,5 mln. soʻmga tikuv mashinalari olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan hamda nogironligi boʻlgan 91 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan jami 120,1 mln. soʻm moddiy yordam pullari olib berildi, 3 nafar fuqaroga jami 19,2 mln. soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun press asbob-uskunasi va umumiy ovqatlanish faoliyati uchun zarur boʻlgan gaz plitalari topshirildi.

Ishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?