Respublika boʻylab ayrim bankomatlar olib tashlanadi
Oʻzbekiston boʻylab hududlarda noqonuniy oʻrnatilgan bankomatlarni demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari Mirsaid Mirmaqsudov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bankomatlarni noqonuniy joylashtirishga qarshi nazorat ishlari olib borilmoqda. Jarayon Markaziy bank bilan hamkorlikda muntazam davom etadi.
Mutasaddi hozirda unda qancha noqonuniy oʻrnatilgan bankomat demontaj qilingani boʻyicha aniq maʼlumotlar yoʻqligini taʼkidlab, bu toʻgʻrida Markaziy bank yoki tijorat banklari xabar berishi mumkinligini aytgan.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil davomida 66 109 ta yer bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlari qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring