“Real Madrid” Mbappe qachon muxlislarga tanishtirilishini maʼlum qildi
Foto: Sports24
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi joriy mavsumdagi eng katta transfer taqdimoti — Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni muxlislarga tanishtiruv marosimini 16-iyul kuni oʻtkazadi.
Mbappening taqdimot marosimiga 80 ming muxlis “Santyago Bernabeu”ga kelishi kutilmoqda.
Sport nashrlarining yozishicha, futbolchiga mashhur musiqa guruhlaridan biri hamrohlik qilishi mumkin.
Futbolchini klub prezidenti Florentino Peres va faxriy mehmon Xose Martines Sanches kutib oladi. Maʼlum boʻlishicha, tadbir yakunlanishi bilan Mbappening 9-raqamli futbolkasi rasman sotuvga chiqariladi.
Krishtianu Ronalduning “Santyago Bernabeu”dagi taqdimotida ham 80 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurgan edi.
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu “Yevro-2024”da imkoniyatlardan foydalanishning eng yomon koʻrsatkichini koʻrsatayotgani haqda xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring