“Real Madrid” futbolchisi jiddiy jarohat oldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelyen Сhuameni jarohat sabab uch haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, fransiyalik futbolchi chap oyogʻidan jarohat olgan. Shu sababli u 9-noyabr kuni La Liganing 12-turidan oʻrin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi bahsni oʻtkazib yuboradi hamda Fransiya terma jamoasi safidan chetda qoladi.
“Qirollik klubi” yarim himoyachi 26-noyabr kuni “Olimpiakos”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi uchrashuviga tayyor boʻlishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Orelyen Сhuameni La Liganing 11 ta va Chempionlar ligasining 4 ta oʻyinida maydonga tushgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring