“Real Madrid” 115 million Yevroga xarid qilgan futbolchisini yarim narxiga sotib yubormoqchi

10:59 08 May 2021 Sport
1450 0

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarni transferga qoʻygan.

Manbaga koʻra, klub xaridorlar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor. Ispaniya klubi kamida 50 million Yevro evaziga futbolchini sotib yuborishga tayyor. Bu ikki yil oldin Azar uchun toʻlangan summaning yarmini tashkil qiladi.

Shuningdek, Azar bilan xayrlashish haqidagi qaror futbolchining Chempionlar Ligasi yarim finalida “Real”ning “Chelsi”dan magʻlub boʻlganidan keyin oʻzini tutishi bilan bogʻliq emasligi taʼkidlangan. Oʻshanda belgiyalik yarim himoyachi uchrashuvdan keyin kulib londonliklar futbolchilarni quchoqlagani tasvirlarda aks etgan edi. Keyinchalik Azar bu harakatlari uchun kechirim soʻradi.

“Real Madrid” Azarni 2019-yilning iyunida “Chelsi”dan 115 million Yevroga xarid qilgan edi. Ikki yil ichida turli xil jarohatlar tufayli u 50 dan ortiq uchrashuvni oʻtkazib yubordi. Umumiy hisobda Azar “Real Madrid” tarkibida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan va toʻrtta gol kiritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?