RAVON o‘tgan oyda Rossiya bozorida birorta ham avtomobil sota olmadi

O‘zbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil iyun oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining yangi hisobotida qayd qilingan.
Hisobotda qayd qilinishicha, eng ko‘p sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 2018 yil iyun oyida avtomobillar savdosining 10,8 foizga o‘sishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 15 261 ona avtomobil ko‘proq sotilgan, jami 156 351tani tashkil etilgan. Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami Rossiya bozorida jami 849 221 ta avtomobil sotilgan.
Biroq O‘zbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. U top-50talikka ham kira olmagan. O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 239 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.
Taqqoslash uchun, iyun oyida Rossiya bozorlarida Lada 31 404, KIA 19 861, Hyundai 16 422 dona avtomobillarini sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring