Rasman: bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga bugundan, 1-iyuldan, my.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Ushbu roʻyxatga olish jarayoni 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn tarzda davom etadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, bu bitiruvchilar 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun imkoniyatdir.
Roʻyxatdan oʻtish uchun platformaga (my.edu.uz) tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari va 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
“Bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari va mandat sanasi rasman maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring