Raqamli dunyo sari yoʻl
Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlarda yoshlarni boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatish, axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil qilinyapti. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ham ana shunday markaz ish boshladi.

– Raqamli texnologiyalar markazini tashkil etishdan bir qator istiqbolli maqsadlar koʻzda tutilgan, – dedi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Zafarbek Karimov. – Yoshlarga kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini oʻrgatish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan.Shuningdek, markazning imkoniyatlaridan toʻla foydalanish, qoʻshimcha mablagʻ ishlab topish maqsadida tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun axborot texnologiyalari boʻyicha tayyorlov kurslarini tashkil etilib, elektron tijoratning innovatsion usullari boʻyicha maʼlumotlar beriladi.

Markazda davlat va xoʻjalik organlari mutaxassislari uchun “Elektron hukumat”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Elektron sogʻliqni saqlash”, “Aqlli shahar” va “Aqlli qishloq” kabi yoʻnalishlarda mashgʻulotlar tashkil qilindi.Oʻquv markazida IT–tadbirkorlikni va startap loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab to uni tijoratlashtirish bosqichigacha boʻlgan jarayonlar qoʻllab-quvvatlanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-2020-yillar davomida Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida 11 ta ana shunday markazlar tashkil qilish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu markazlarni “Oʻzbektelekom” AK va “Oʻzbekiston pochtasi” AJning shahar va tuman filiallariga tegishli binolarga joylashtirish koʻzda tutilgan boʻlib, mashgʻulotlarga 30 yoshgacha boʻlgan 11 ming nafardan ziyodyoshlar jalb qilinadi.
Markazlarni tashkil etishning namunaviy loyihasi ishlab chiqilib, unga koʻra markaz oʻzida kompyuter sinflari, muzokaralar oʻtkazish xonasi, videokonferensaloqa studiyasi hamda markaz maʼmuriyati uchun moʻljallangan xonalar bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari 1061 ta maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash muassasalari yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanadi. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 111 milliard soʻm, jumladan mahalliy byudjetdan 21 milliard soʻm mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan.
Odilbek Odamboyev
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring