Ragʻbat tashabbusga undaydi
Foto: Xalq soʻzi
Tadbirkorning huquqlari qonun bilan kafolatlansa va faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlansa biznesi rivoj topadi, ishida unum, baraka boʻladi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan har bir taklifni diqqat bilan tingladim. Davlatimiz rahbari oʻz nutqida faoliyatimizga oid juda koʻplab masalalarga eʼtibor qaratdi. Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud jamgʻarmalar ish uslubining tubdan oʻzgartirilishi, eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirish, soliq va bojxona imtiyozlari, bank kreditlariga oid qulayliklar biz uchun juda muhim yangilik boʻldi. Ochiq muloqotda sohadagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan muhim yoʻnalishlar belgilab berildi va bir qator yangi tashabbuslar ilgari surildi. Bu oʻzgarishlar bizning korxonamiz misolida ham iqtisodiy rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Bugungi kunda korxonamizda tayyorlanayotgan mavsumbop, yuqori sifatli, xushbichim poyabzallarning turi 150 tadan oshib ketdi. Ishlab chiqarish sexlariga Germaniya, Italiya, Turkiya davlatlaridan keltirilgan eng zamonaviy dastgohlar oʻrnatilgan boʻlib, bozor talabidan kelib chiqib har xil assortimentdagi poyabzallar tayyorlanmoqda. Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan ISO-9001 sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan. Mahsulotlar yuz foiz tabiiy charmdan tayyorlangani tufayli pishiq-puxta, inson salomatligi uchun ham bezarar. Bugungi ochiq muloqotda bildirilgan fikrlar, yaratilayotgan imkoniyatlar bizni yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishini yanada kengaytirishga undaydi.
Tadbirkorlar kuni arafasida davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlanishim yangi gʻoya va tashabbuslarga ragʻbat berdi. Bunday eʼtibor, bildirilgan ishonch zimmamga yanada katta masʼuliyat yuklab, xalqimiz, Vatanimiz uchun shijoat bilan mehnat qilishga chorlaydi.
Gavharjon JUMANOVA,
Urganch shahridagi “Darital shoes” MCHJ rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring