Rabinjon arxeologik guruhi tomonidan qazishma ishlari olib borilmoqda

12:21 03 Avgust 2023 Madaniyat
2173 0

O‘rta asrlar yozma manbalarda Rabinjon Xurosonga boradigan katta yo‘l ustida joylashgan Markaziy Sug‘dning aholisi ko‘p bo‘lgan yirik shaharlaridan biri hisoblanadi.

Bu ko‘hna kent Dobusiyadan 5 farsah (1 farsah 6-8 km), Samarqanddan esa 12 farsah masofada joylashgan. Yozma manbalarda qayd etilgan ushbu ko‘hna kent o‘rni hozirda Narpay tumani Toshko‘prik mahallasida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 100 gektar.

Joriy yilning iyul oyidan boshlab Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining Rabinjon arxeologik guruhi tomonidan yodgorlikning shahriston va rabod qismlarida arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda. 

Izlanishlar davomida XI-XII asrlarga oid bo‘lgan xumdon hamda turar joy o‘rni ochildi. Tadqiqotlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер