Quvasoyda keytering korxonasi ochildi

12:02 18 Iyul 2024 Jamiyat
187 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida “Garden Catering” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi tomonidan tashkil etilgan zamonaviy keytering korxonasi oʻz faoliyatini boshladi. Turkiyalik hamkorlar bilan barpo etilgan korxonaga 5 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb etilishi natijasida 100 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

Korxonada Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida 100 turdan ortiq taomlar, salat va desert mahsulotlari tayyorlanadi. Eng zamonaviy standartlar boʻyicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar buyurtma asosida yetkazib beriladi.

— Bu yerda turkiyalik oshpazlar koʻmagida bir paytning oʻzida 80 nafar yigit-qizlarga zamonaviy kulinariya sohasida kasbiy taʼlim beradigan oʻquv markazi tashkil etildi, — deydi korxona taʼsischisi Adem Yildirim. — Korxonada tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini asosan viloyatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar, xususiy taʼlim muassasalari hamda nodavlat korxona-tashkilotlariga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?