Quvasoyda boʻsh ish joylari yarmarkasi oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining sanoatchilar shahri – Quvasoyda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi.
Fargʻona viloyati hokimligi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda 10 ming nafardan ortiq quvasoyliklar ishtirok etishi taʼminlandi.
Shu kuni boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, bepul tibbiy koʻrik, huquqiy va amaliy koʻmak koʻrsatish uchun sayyor qabul hamda sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Kitobxonlik, xorijiy tillar boʻyicha tanlov va sport musobaqalari oʻtkazildi.
Quvasoy shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 20 nafar ehtiyojmand oilalarga huquqiy maslahatlar berildi, 13 ta oilaga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Mehnat yarmarkasida 80 nafar ishsizning bandligi taʼminlangan boʻlsa, kasb-hunarga oʻqitish uchun 14 nafarining hujjatlari rasmiylashtirildi. 34 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari berilib, kasanachilik asosida ishlashi uchun 7 ta tadbirkorlik subyektiga biriktirildi. Qariyb 300 nafar aholi vakillari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va dori-darmonlar bilan taʼminlandi.
— Bugun oilamiz farovonligini taʼminlash uchun menga tikuv mashinasi ajratilib, faoliyatimni yoʻlga qoʻyib olish maqsadida tadbirkor Shohista Abdullayevaga biriktirishdi, — deydi “Kokilon” MFYda istiqomat qiluvchi Gulshoda Yoʻldosheva. — Xonadonimda chevarchilik qilib, kiyim-kechaklarning baʼzi qismlarini tayyorlab berishga kelishib oldik.
Tadbirda barcha birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli manzarali va mevali koʻchatlar ekdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring