Quvayt elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
Quvaytning Oʻzbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran oʻz diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, vazir kecha, 11-sentyabr kuni Quvaytning Oʻzbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazgan.
“Oʻzbekiston va Quvayt rishtalari har bir yoʻnalishda oʻsish surʼatini namoyon etmoqda. Biz janob elchiga oʻz faoliyati davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deb yozgan Oʻzbekiston TIV rahbari.
Maʼlumot uchun, Ahmad Xolid Al-Jiran 2015-yil dekabr oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligiga Quvaytning mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Qahva hazm jarayonini tezlashtiradimi? Mutaxassis javob berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring