Quvada kuzda ham oʻrikdan moʻl hosil olinmoqda
Quva tumanining “Boiston” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Farhodjon Abdusattorov bir necha yildan buyon koʻchatchilik bilan shugʻullanib, oʻnlab turdagi manzarali daraxt koʻchatlari yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Qariyb 10-yildan buyon esa tomorqasida kuzda pishadigan oʻrikni parvarishlash orqali moʻmay daromadga ega boʻlmoqda.
— Bu nav koʻchatini payvandtak qilib, mahalliy iqlim sharoitiga oson moslashib olishiga erishdim, — deydi F. Abdusattorov. — U juda ham serhosil, mazasi va taʼmiga gap yoʻq. Shu bois koʻchatlari Fargʻona vodiysi viloyatlari, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham allaqachon xaridorgir boʻlib ulgurgan. Qoʻshni Qirgʻizistonga ham eksport qilinadi.
Oʻrik oktyabr oyi oʻrtalarida sharbatga toʻlib pishadi. Ayni kunlarda joriy yilgi hosil yigʻib olinib, buyurtma asosida xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Taʼkidlash joiz, bu tarmoqni rivojlantirish maqsadida bogʻbon 10 sotix yerda koʻchatchilik plantatsiyasi tashkil etib, qiziquvchilarni ushbu oʻrik navi koʻchatlari bilan taʼminlamoqda.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring