Qurolli kuchlar tizimi xodimlariga ish vaqtida ibodat qilish taqiqlanmoqda

Oʻzbekiston Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari xodimlariga ish joylarida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish taqiqlandi.
Cheklovlar joriy yil 29-noyabr kuni qabul qilingan OʻRQ-1008-son qonunda belgilab qoʻyildi.
Mazkur hujjat bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi hamda “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga yuqoridagi cheklovni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Yuqorida sanab oʻtilgan vazirlik va idoralarda xizmat oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar sarasiga, jumladan, quyidagilar kiritilgan:
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Oʻz navbatida, ushbu cheklovlarga rioya etmaganlik Oʻzbekiston Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi belgilab qoʻyilgan.
Ushbu qonun matnida tushuntirilishicha, ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtayotgan shaxslar uchun belgilanadigan cheklovlarning qonun bilan tartibga solinishini taqozo etmoqda.
Mazkur Qonun esa ”Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida tarbiyaviy ishlar natijadorligini taʼminlashga xizmat qiladi”.
Maʼlumot uchun, ushbu tartib rasmiy eʼlon qilinganidan keyin bir oy muddat oʻtib kuchga kiradi.
Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihachi Parlament Quyi palatasi tomonidan joriy yil 15-oktyabrda qabul qilingan, 23-oktyabrda esa Senat tomonidan maʼqullangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring