Qurilish kompaniyasi xaridorga boshqa xonadonni topshirib yuborgani sababli 150 mln soʻm zararni qopladi

11:50 08 May 2025 Jamiyat
122 0

Illyustrativ foto

Xaridorga xonadon notoʻgʻri topshirilgani uchun qurilish kompaniyasi 150 million soʻm zararni qoplandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.

Unga koʻra, fuqaro V.A. “Shoxjahon denta” MCHJ qurilish korxonasi bilan shartnoma asosida Urganch tumani, “Oq ariqlar” mahallasida joylashgan 59-uy, 19-xonadonni sotib olgan. Ammo xaridorga quruvchi tomonidan adashib, 18-xonadon kaliti topshirilgan.

Fuqaro 150 million soʻm mablagʻ sarflab xonadonni taʼmirlatib, koʻchib oʻtganidan soʻng, haqiqiy egasi kelib, uyni boʻshatishni talab qilgan. Oʻrganishlar davomida qurilish korxonasining masʼuliyatsizligi va notoʻgʻri aloqa oʻrnatilishi sababli bunday xatoliklar sodir boʻlgani maʼlum boʻldi.

Natijada, isteʼmolchining murojaati ijobiy hal etilib, “Shoxjahon denta” MCHJ tomonidan 19-xonadon toʻliq taʼmirlab berilishi taʼminlandi va kompaniyaga ogohlantirish berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер