Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

17:31 28 Iyun 2023 Siyosat
867 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Butun musulmon ummatining muqaddas bayrami, xalqimizning maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutgan, ezgulik, bagʻrikenglik, mehr-muruvvat va saxovat kabi boqiy umuminsoniy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.

Qutlovlarda Oʻzbekiston yetakchisi va koʻp millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimiz bilan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Jamol Rashid;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер