“Qumsulton”ning qiyofasi oʻzgarmoqda
Necha asrlarki, choʻl-u biyobonga aylanib yotgan “Qumsulton”da yaqin istiqbolda qum koʻchkilari oʻrnini yam-yashil dalalar egallaydi. Buxoro tumanidagi mazkur hududda hozir qudratli texnika vositalari vositasida meliorativ yumushlar bajarilyapti. Ikki ming gektar maydon bosqichma-bosqich oʻzlashtirilmoqda.
Mazkur loyiha “Uch Qaragʻay” masʼuliyati cheklangan jamiyati paxtachilik klasteri hamda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti. Rejaga muvofiq, oʻzlashtirilgan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarga asoslangan holda paxta yetishtiriladi. Tomchilatib sugʻorish tizimlari tortiladi, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari koʻriladi, albatta. Hosildorlik esa yuqori boʻlishi kutilyapti. Loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, mahalliy aholining bandligini taʼminlash uchun yangi ish oʻrinlari yuzaga keladi. Hududning eksport salohiyati oshadi. Sahro qiyofasi ham oʻzgaradi.
Bu yumushga puxta hozirlik bilan kirishilganini qayd etish joiz. Gap shundaki, oʻtgan yilda sinov tariqasida choʻldan 350 gektar yer oʻzlashtirilgan va bu maydondan yuqori hosil olingan edi. Shu tajriba ushbu loyihani amalga oshirishda qoʻl kelishi, shubhasiz.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring