Qozonda oʻquvchini qutqarishga uringan yosh oʻqituvchi halok boʻlgan

22:38 11 May 2021 Dunyo
5874 0

Bugun otishma yuz bergan Qozondagi maktabning 25 yoshli ingliz tili oʻqituvchisi Elvira Ignatyeva bolani qurollangan jinoyatchidan qutqarishga uringan. Oqibatda uning oʻzi qotilning qurboniga aylangan.

Fojia guvohlarining soʻzlariga koʻra, Ignatyeva bir bolani bosqinchidan uzoqlashtirgan. U  Ilnaz Galyaviyevning quroliga toʻsqinlik qilib, oʻquvchini himoya qilgan. Natijada oʻqituvchining oʻzi jarohat olgan va bu oʻlimga sabab boʻlgan.

Avvalroq Elvira Ignatyeva koridorga chiqib, Galyaviyevning tasodifiy qurboniga aylangani haqida xabar berilgan edi.

Elvira Ignatyeva 2018-yilda “Yil oʻqituvchisi” tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Yana bir jarohat olgan oʻqituvchi hozirda jonlantirish boʻlimida. Gap matematika oʻqituvchisi Mullanur Mustafin haqida ketmoqda. U birinchi boʻlib Ilnaz Galyaviyev tomonidan otib tashlangan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, toʻqqiz kishi Qozondagi fojianing qurboniga aylangan. Ular orasida yetti nafar oʻquvchi va boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Venera Ayzatova ham bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?