Qozogʻistonlik tadbirkor “Qayrat” “Real”ni yutsa, har bir futbolchiga mashina sovgʻa qilmoqchi
Qozogʻistonlik tadbirkor Tursengali Alaguzov mahalliy “Qayrat” jamoasi “Real Madrid”ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonsa, maydonga tushgan har bir futbolchiga yangi avtomobil sovgʻa qilishini aytdi.
U bu haqda videomurojaat orqali maʼlum qildi. Videoni biznesmenning rafiqasi, prodyuser Bayan Alaguzova Instagram sahifasida eʼlon qilgan.

“Sevimli “Qayrat” va “Real Madrid” oʻyini 10 kundan soʻng boʻlib oʻtadi. Shuning uchun men, respublika vatanparvari sifatida va tugʻilgan kunim arafasida, agar “Qayrat” gʻalaba qozonsa, maydonga tushgan har bir oʻyinchiga avtomobil sovgʻa qilishga vaʼda beraman”, dedi Alaguzov
Maʼlumot uchun “Qayrat” Chempionlar Ligasi 2025/26-yilgi mavsumining guruh bosqichida ilk bahsni safarda “Sporting” (Lissabon)ga qarshi oʻtkazib, 1:4 hisobida magʻlub boʻldi.
“Qayrat” keyingi oʻyinini 30-sentyabr kuni “Real Madrid”ga qarshi Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring