Qozogʻistonda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 10 nafar oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi
29 Mart, shanba kuni Qozogʻistonda ona-ona qaramogʻisiz qolgan 10 nafar oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi. Bu haqida “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan.
“Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi konsullik xodimlari ushbu bolalarning tez va xavfsiz vatanga qaytishini taʼminlash maqsadida barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan. Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yoʻl olishadi va u yerda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga topshiriladi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan uch oyda xorijdan vatanga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar koʻp demakdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring