Qozogʻistonda AESni qurish boʻyicha oʻtkazilgan referendum natijalari sarhisob qilindi

12:40 07 Oktyabr 2024 Dunyo
244 0

Foto: РИА Новости

Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi respublikada atom elektr stansiyalarini qurish boʻyicha referendum natijalarini eʼlon qildi.

Qozogʻistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha referendumda fuqarolarning 63,6 foizdan ortigʻi ovoz bergan. Bu haqda Ostonadagi brifingda Respublika referendum oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiya raisi Nurlan Abdirov maʼlum qildi.

“Qozogʻistonda atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha referendumda fuqarolarning 63,6 foizi ovoz berdi”, — dedi Abdirov.

Qozogʻistonda ham, xorijda ham barcha saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlangan.

Abdirovning qoʻshimcha qilishicha, Qozogʻistonda atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha referendum boʻyicha ijobiy qaror uchun ovoz bergan fuqarolar soni 71,12 foizni yoki 5 million 561 ming 937 kishini tashkil qilgan.

Yakshanba kuni Qozogʻistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi.

2022-yil iyun oyida Qozogʻiston energetika vazirligi AESni Olmaota viloyati Ulken qishlogʻida Balxash koʻli sohilida qurish rejalashtirilganini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер