Qoʻshtepa tumanidagi gʻallazorlarning har gektaridan 100 sentner hosil olinmoqda

19:02 11 Iyun 2024 Jamiyat
203 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni paytda Qoʻshtepa tumanida 7 ming 900 gektar maydonda parvarishlangan bugʻdoy hosili yigʻib olinmoqda. Bunga 24 ta oʻrim-yigʻim guruhi tashkil etilib, 24 ta yuqori unumli don kombaynlari jalb etilgan.

Xalqimiz dasturxoni moʻl-koʻlchiligi uchun tumandagi gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan barcha agrotexnik tadbirlar oʻz muddatida amalga oshirildi. Gʻalla maydonlarida uch marotaba azotli va mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari bajarildi. Gʻallachilikda innovatsion yondashuvlar tufayli yildan yilga hosildorlik salmogʻi ortib bormoqda.

— Shu kunlarda qariyb 60 gektar yerda parvarishlangan “Asr” navli gʻalla yuqori unumli kombaynda yigʻishtirib olinib, har gektar yerdan olinayotgan hosildorlik oʻrtacha 100 sentnerni tashkil etmoqda, — deydi “Hamidullayev Rizqitillo” fermer xoʻjaligi rahbari Sayfullo Umarov. — Xoʻjaligimiz aʼzolari bilan 51 gektar gʻalla maydonida joriy yildan tomchilatib sugʻorish usuli yoʻlga qoʻyilgani ham moʻl hosil yetishtirishda muhim zamin boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер