Qoʻshrabotdagi 18 ta mahalla aholisini uzumchilikka oʻrgatiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilishda Qoʻshrabot tumaniga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etilishicha, tumanning tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash uchun 60 milliard soʻm ajratilmoqda.
“Oqtepa” hududidagi 5 ta mahallada 3 ming xonadon uzum yetishtirish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, “Oqchopsoy” hududida oʻrmon fondidagi 700 gektar yer boʻsh turibdi.
Tuman rahbarlariga ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, joriy yilda 300 gektarda “in-vitro” uzumzor, 800 gektarda intensiv tokzor tashkil etish, 3,5 ming gektar uzumzorni shpalerga oʻtkazish, 18 ta mahalla aholisini uzumchilikka oʻrgatish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi imkoniyatlar koʻrib chiqilar ekan, tumanning infratuzilma bor joylaridagi 12 ta traktor parkini 8 gektar yeri boʻsh turgani, “Boʻston-1” nasos stansiyasi taʼmirlansa, 1 ming gektarda suv taʼminoti yaxshilanishi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, hokimlik zaxirasidagi 830 gektar paxta va gʻalla yeri 3-4 oydan beri auksionda turgani, bu yerlarni odamlarga qulay shartlarda taklif qilish mumkinligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring